Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda MIB undirgan yuk mashinasi sotuvga chiqarib yuborildi

Sirdaryoda MIB undirgan yuk mashinasi sotuvga chiqarib yuborildi

Foto: Sirdaryo xabarlari

Majburiy ijro byurosi Boyovut tuman bo‘limi ish yurituvidagi Sirdaryo viloyat iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan yuk avtomobili sotuvga chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Qarzdor «Boyovutdavsuvmaxsuspudrat» DUKdan undiruvi «Romiton-Buxoro Magistral» MChJ foydasiga 595 415 221,76 so‘m asosiy qarz, 7 000 000 so‘m penya va 5 000 so‘m pochta harajati undirish maqsadida qarzdorga tegishli bo‘lgan, 2010 yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 20 503 OAA bo‘lgan «NORTH BEHZ» rusumli yuk avtomashinasi va 2010 yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 20 107 GAA bo‘lgan «SKQR380TDP» rusumli yarim tirkamalar soz holatda xatlangan.

Ushbu xatlangan avtotransport vositasini sotish maqsadida, narxini aniqlash yuzasidan «ELEKTRON BAHOLASH» MChJga yuborilgan. Xatga asosan davlat raqami 20 503 OAA bo‘lgan NORTH BEHZ rusumli yuk tortuvchi avtomashinasi 398 152 000 so‘mga va davlat raqami 20 107 GAA bo‘lgan SKQR380TDP rusumli yarim tirkama 191 535 000 so‘mga baholangan va «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksionga savdoga chiqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring