Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryo xorijlik investorlarga eshiklarini ochdi

Sirdaryo xorijlik investorlarga eshiklarini ochdi

Foto: Anvar To‘ychiyev

Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan I Xalqaro Investitsiya forumi tufayli xorijiy investorlar uchun voha eshiklari ochildi.  Unda 30 ta davlatdan 220 ta xorijiy kompaniyalar qatnashdi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha seksiyalarga bo‘linib o‘z ishini davom ettirgan forum doirasida birinchi seksiyada 100 mln.dollar, 2 seksiya va 3 seksiyalarda 50 mln. dollardan investitsiya shartnomalari imzolandi. Ular orasida Afg‘oniston yirik loyihalari bilan qatnashdi. 

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Anvar Karimovning bergan ma’lumotiga ko‘ra, sanoat sohasi, yengil sanoat, farmatsevtika kimyo sanoati, qurilish kabi turli sohalarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun Germaniya 25 mln.dollar, Xitoy 20 mln. dollar miqdorida investitsiya kiritadigan bo‘ldi.

Foto: Anvar To‘ychiyev

— O‘zbekistonning mana shunday chiroyli va ko‘rkam shaharchasi uchun investitsiya kiritish albatta biz uchun faxr, —  deydi Misr elchixonasi birinchi kotibi Hamid Fekri. — Viloyatda mehmonxona va klinika qurilishi uchun investitsiya shartnomasiga qo‘l qo‘ydim.

Ushbu forumda nafaqat investitsion shartnomalar tuzildi, balki eksport uchun ham bitimlar imzolandi.

Foto: Sputnik

Sirdaryo viloyatida yetishtirilgan meva va sabzavotlar xorijlik mehmonlarni qiziqtirib qo‘ydi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan «Qovun sayli» qovun eksportining rivojlanishi yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring