Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo hokimi o‘qituvchilar uchun tanlov e’lon qildi. G‘oliblarga avtomobil sovg‘a qilinadi

Sirdaryo hokimi o‘qituvchilar uchun tanlov e’lon qildi. G‘oliblarga avtomobil sovg‘a qilinadi

Foto: O‘zA

Bugun Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev “Eng yaxshi maktab”, “Eng yaxshi maktab direktori”, “Eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovlarini e’lon qilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, tanlov g‘oliblariga yengil avtomoshina sovg‘a qilinadi.

Hokim o‘tkazgan yig‘ilishda aytilishicha, har bir rahbar uchun bundan buyon maktab ishi vijdon ishi bo‘lishi shart. «Chunki biz, muhtaram Prezidentimiz aytgandek ko‘p yillar maktabdan ancha uzoqda bo‘ldik. Endi bu o‘ta muhim dolzarb masalani har birimiz o‘z ish faoliyatimizning asosiy o‘lchov birligi deb qarashimiz kerak», — degan viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev.

Shuningdek, yig‘ilishda Sirdaryo viloyatidagi maktablar salohiyatini ko‘tarish, ulardagi muhitni o‘zgartirish bo‘yicha bir qator muhim topshiriqlar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring