Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Sodiqov «NEC» kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

Shuhrat Sodiqov «NEC» kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 4-oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Yaponiyaning «NEC» kompaniyasi rahbari Norihiko Ishiguro bilan uchrashdi.

Uchrashuvda «NEC» korporatsiyasi bilan o‘rnatilgan uzoq yillik samarali hamkorlik, jumladan, O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmog‘i va teleradioeshittirish tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarning ahamiyati ta’kidlab o‘tildi.

Muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), ushbu mamlakatning tijorat banklari kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan «Ma’lumotlar uzatishning magistral va multiservis tarmog‘ini kengaytirish» (DWDM) investitsiya loyihalarining amaliy jihatlari muhokama etildi. Shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini tatbiq etishning istiqbolli loyihalari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlik qilish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishga kelishildi.

Foto: «Mitc.uz»

Shu bilan birga AKT vaziri Shuhrat Sodiqov «NEC» kompaniyasining ko‘rgazma zaliga ham tashrif buyurdi hamda yangi texnologiyalar va ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha eng so‘nggi yechimlar bilan tanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring