Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shu ikki yulduzni olmasak bo‘lmaydi» – «Real»ning asosiy nishonlari

«Shu ikki yulduzni olmasak bo‘lmaydi» – «Real»ning asosiy nishonlari

«Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres muxlislarni ikkita yulduzni xarid qilish orqali xursand qilmoqchi.

Klub rahbariyati yozda birinchi galda Kilian Mbappe transferini hal qilish bilan shug‘ullanadi. Fransiyalik hujumchi PSJdan ketishga qaror qilgan. Uni olmoqchi bo‘lgan jamoalar futbolchining o‘zi bilan kelishib olishi talab etaladi.  Mbappening o‘zi «Real»da o‘ynash niyatida ekani madridliklarning imkoniyatini oshiradi.

«Qaymoqranglilar» yana bir fransiyalik futbolchi – Pol Pogbani ham erkin agent sifatida safiga qo‘shib olishi mumkin. «Manchester Yunayted» rahbariyati futbolchisini hali yangi bitimga ko‘ndira olgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring