Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shohjahon Ergashev amerikalik Maykl Foksni mag‘lubiyatga uchratdi

Shohjahon Ergashev amerikalik Maykl Foksni mag‘lubiyatga uchratdi

Foto:«Olympic.uz»

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev biroz avval AQShning Kanzas shtatida faoliyatidagi 16-jangni yakunladi.

Shohjahon amerikalik charm qo‘lqop ustasi Maykl Foksga qarshi ringga ko‘tarildi.

10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Ayovsiz kechgan jangda Shohjahon yakunda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, 27 yoshli Shohjahon Ergashevning professional boksda o‘tkazgan janglari soni 16 taga yetdi. U janglarning barchasini (14 tasini nokaut evaziga) o‘z foydasiga hal etgan. Foks esa faoliyatida ilk bora mag‘lubiyatga uchradi. U bungacha 19 marotaba ringga ko‘tarilib (5 ta nokaut), janglarning barchasida g‘alaba qozongandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring