Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shohjahon Ergashev «Zorro» laqabli bokschiga qarshi jang qiladi

Shohjahon Ergashev «Zorro» laqabli bokschiga qarshi jang qiladi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev 9-iyun kuni o‘zining professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi.

GoSport.uz xabariga ko‘ra, shu kuni Shohjahonga puerto-rikalik Danielito Sorriyya (11-0, 9 KO) raqiblik qiladi. «Zorro» laqabli mazkur bokschi sobiq boks yulduzi Migel Kottoga qarashli promouterlik kompaniyasi vakili sanaladi.

Jang 9 iyun kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlash joizki, bunga qadar Shohjahon Ergashev so‘nggi marta fevral oyida amerikalik Maykl Foksga  qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring