Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqdagi «shov-shuvli ish» yakunlandi. Shifokorlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Chirchiqdagi «shov-shuvli ish» yakunlandi. Shifokorlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Foto: «Kun.uz»

Bugun, 5-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sudlanuvchilar Guljahon Yuldashova (1975-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori), Shihnazar Ro‘zmetov (1990-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori), Jaxongir Ziyadullayev (1986-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori), Alisher Dadamatov (1990-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh hisobchisi) va Janar Akimova (1977-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh hisobchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, iqtisodchisi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi raisi S.Avlakulov raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, G. Yuldashova Jinoyat kodeksining 25,167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan reabilitatsiya qilinib, Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi «a», «b», «v», «g» bandlari, 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sh. Ro‘zmetov Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi «a», «b» bandlari va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J. Ziyadullayev Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi bilan reabilitatsiya qilinib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi va 28,228-moddasi 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

A. Dadamatov Jinoyat kodeksining 25,167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan reabilitatsiya qilinib, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «b», «v», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. 

J. Akimova Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «b», «v», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Shuningdek, jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.

Ushbu jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori — viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva hibsga olinishi ortidan katta shov-shuv kelib chiqqandi. Oradan bir oy o‘tib, jamoatchilikning bosimi natijasida olti farzandning onasi bo‘lgan G. Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘llangan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi «uy qamog‘i»ga o‘zgartiriladi. Unga nisbatan qo‘llangan ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan kuni esa Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining boshqa shifokori  qo‘lga olingandi. Keyinchalik Bosh shifokorga oid shov-shuvli jinoyat ishi sudga oshirilib, sudlanuvchi bitta emasligi ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring