Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov: «Robototexnika, kosmosga uchish? Avval suv va isitish muammosini hal etib olaylik»

Sherzod Shermatov: «Robototexnika, kosmosga uchish? Avval suv va isitish muammosini hal etib olaylik»

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va vazirlik mas’ullari ishtirokida «O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, vazir respublikamiz hududlarida joylashgan umumta’lim maktablaridagi ahvol hamon achinarli ekanini ta’kidlagan.

«Maktablarimizning to‘rtdan birida suv yo‘q. Mingdan ziyod maktablar hamon «burjuyka» pech orqali isitiladi. Chegara hududlarda joylashgan maktablarda xavfsizlik nol darajada. Biz hali robototexnika yoki kosmosga uchish haqida gapirmay qo‘ya qolaylik, avval maktablardagi toza suv va isitish muammosini hal etib olaylik», deydi Sherzod Shermatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring