Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov: «IT-kompaniyalarda 440 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud» (video)

Bugun, 20-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «Toshkent Yoshlar forumi-2021» tadbirida «Yoshlar kelajagi uchun IT-sohadagi imkoniyatlar» mavzusida chiqish qildi. Aytish joiz, yoshlarning vazir bilan uchrashuvi ochiq muloqot shaklida qiziqarli o‘tdi.

Sherzod Shermatov IT-sohaning ahamiyati, sohadagi vakansiyalar, axborot texnologiyalari mutaxassislarining maoshi kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdi:

«Agar ilgari abituriyent oliygohdagi IT-yo‘nalishni tanlasa, bu hech kimga kerak bo‘lmasligiga ishora bo‘lardi. Bugun esa soha hayotimizning barcha jabhalarida kerak bo‘lishiga hech kim shubha qilmaydi. Pandemiya esa buni isbotladi. Bugungi kunda IT-mutaxassislarning ish haqi yetarlicha raqobatbardosh, oyiga 4 ming dollargacha ishlab topish mumkin. Hozirgi vaqtda, masalan, O‘zbekistonning turli IT-kompaniyalarida 440 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud».

Uchrashuv davomida vazir «Nimaga aynan IT-sohasini rivojlantirmoqchiman?», degan mavzuda hikoyalar tanlovini o‘tkazish haqida e’lon qildi. Eng yaxshi 10 ta hikoya muallifiga IT-markazlarda bepul o‘qish hamda ishga joylashishda yordam berilishi, shuningdek, 10 ta noutbuk taqdim etilishi aytildi. So‘ng vazir turli savollarga javob berdi.

«PayPal tizimida O‘zbekiston yo‘q. Bunga, menimcha, O‘zbekistonda uzoq yillar davomida konvertatsiya tizimining ishlamagani va shu kabi boshqa sun’iy to‘siqlar sabab bo‘lgan. Aynan shu sabablar tufayli PayPal O‘zbekistonni o‘z ro‘yxatidan chiqarib tashlagan bo‘lishi mumkin.
Bizning vazifamiz Markaziy bank, Moliya vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan tizimga O‘zbekistonni ham qo‘shishdan iborat. Bu borada o‘zgarishlar bo‘ladi degan umiddaman», — ta’kidladi AKT vaziri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring