Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot qilishdi

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot qilishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15-mayda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida har ikki davlat rahbarlari kirib kelgan muborak va qutlug‘ Ramazoni sharif munosabati bilan bir-birlariga o‘zlarining qizg‘in tabriklarini chin dildan izhor etib, eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirdilar.

Prezidentlar an’anaviy do‘stlik, qardoshlik hamda strategik sheriklikka asoslangan hamkorlik aloqalari barcha sohalarda, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda tobora jadallashib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Tomonlar Oliy darajadagi o‘zbek-turk strategik hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Do‘stona ruhda kechgan muloqot chog‘ida davlatlar rahbarlari har ikki xalqqa farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va bardavom yuksalish tiladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring