Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tantanali kutib olindi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tantanali kutib olindi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi.

Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

Aeroport oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari va shiorlar bilan bezatilgan.

O‘zbekiston rahbarini kutib olishda ko‘plab yoshlar va  ijodiy jamoalar ham ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlar muzokaralar davomida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston sherikligining keng ko‘lamli kun tartibini ko‘rib chiqadilar hamda xalqaro va mintaqaviy darajadagi aloqalar yuzasidan fikr almashadilar.

Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring