Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev faollarga davlat mukofotlarini topshirdi

Shavkat Mirziyoyev faollarga davlat mukofotlarini topshirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan xorijliklar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

31-avgust kuni Ko‘ksaroyda ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

Prezidentimiz yig‘ilganlarni, ularning timsolida joylarda davlat mukofotlarini qabul qilib olayotgan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Keyingi yillarda O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilayotgani va ularning dastlabki natijalari ko‘zga tashlanayotgani ta’kidlandi.

– Xalq bilan muloqot hech qachon bunday bo‘lmagan. Odamlarni eshitsak, rejamiz to‘g‘ri bo‘ladi. Hamma hududlar va sohalardagi o‘zgarishlar – xalqimiz bilan birgalikda qilayotgan ishlarimiz samarasi, – dedi Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev marosimga yig‘ilganlarni nomma-nom tilga olib, davlat mukofotlari bilan tabrikladi. Ularni Vatanimizning asl farzandlari, vijdoni pok, qalbi uyg‘oq odamlar deb atadi. Samarali faoliyati, halol va fidoyi mehnati, yoshlarga ibrat bo‘layotgani uchun ularga minnatdorlik bildirib, ezgu tilaklarini izhor etdi.

Prezidentimiz taqdirlangan yurtdoshlarimiz va xorijlik diplomatlarga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

– Mana shunday mukofot olish va unga munosib bo‘lish hammaga ham nasib etmaydi. Bugun sizlardagi quvonch, ko‘tarinki kayfiyatdan men o‘zim uchun ham katta kuch, katta quvvat oldim. Barchangizni Mustaqillik kuni bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklayman, – dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring