Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Asqar Maminni qabul qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Asqar Maminni qabul qildi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Prezidentimiz mehmonni samimiy qutlar ekan, qardosh mamlakatlarimiz rahbarlarining muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan uchrashuvlari hamda ularning natijasida erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini, strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Asqar Mamin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda konstruktiv siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yilgani, o‘zaro savdo hajmi ortib, investitsiya, bank-moliya, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlik kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi. O‘zbekistonda o‘tayotgan Qozog‘iston yili doirasida hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring