Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Angliyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Angliyaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Angliyaga tashrifi kutilyapti. 9-avgust kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Britaniyaning Yevropa va Amerika mamlakatlari bo‘yicha tashqi ishlar davlat vaziri Kristofer Pincher bilan telefonda tashrifni muhokama qilgan.

Shuningdek, Komilov Pincherni shu lavozimga tayinlangani bilan ham tabriklagan. Suhbatda tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilingan. Ular ta’lim sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor berishgan.

Bundan tashqari, ikki diplomat parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash va qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasida tajriba almashish amaliyotini davom ettirish kerakligini aytishgan.

Kristofer Pincherning aytishicha, Buyuk Britaniya dekabrda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlari saylovlarida o‘z vakillarini kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun yuborishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring