Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtobus jarima maydoniga, yo‘lovchilar karantinga: cheklovga qaramay yo‘lovchi tashiyotgan haydovchilar aniqlandi

Avtobus jarima maydoniga, yo‘lovchilar karantinga: cheklovga qaramay yo‘lovchi tashiyotgan haydovchilar aniqlandi

Illyustrativ foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 16 aprel kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Buyuk Turon» MChJ  ga tegishli hududda Mersedes-bens rusumli davlat raqam belgisi 85 380 UAA bo‘lgan avtobus haydovchisi karantin tufayli o‘rnatilgan cheklov choralariga qaramasdan, o‘zboshimchalik bilan 45 nafar yo‘lovchilarni Surxondaryo viloyatiga, «EAST LINE TOUR» MChJga tegishli bo‘lgan «YUTONG» rusumli davlat raqami belgisi 80 038 NAA bo‘lgan avtobus haydovchisi esa 45 nafar yo‘lovchini Buxoro viloyatiga yetkazib qo‘yish maqsadida to‘plab turganligi aniqlandi. 

2020 yilning 17 aprel kuni esa soat taxminan 19:20larda Toshkent-Nukus yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «YUTONG» rusumli,  davlat raqami 10 351 TVA bo‘lgan avtobus Oq oltin tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 919 kilometrida joylashgan «Sardoba» YPX maskanida viloyat IIB YHXB hamda Transport vazirligining Sirdaryo va Toshkent viloyati Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda to‘xtatilgan vaqtida avtobus salonida 51 nafar yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi borligi aniqlandi.

2020 yil 18 aprel kuni esa Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan M–39 avtomobil yo‘lida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida «MIRONSHOX GRAND TRANS» MChJ gategishli «YUTONG» rusumli davlat raqam belgisi 01 314 VFA bo‘lgan avtobus haydovchisi o‘zboshimchalik bilan yo‘lovchilarni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga olib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Karantin tufayli o‘rnatilgan cheklov choralariga qaramasdan noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan Transport vazirligi avtobil tashuvlari xavfsizligini nazorat qilishin spektorlari, IIV YHXB hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi xodimlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, transport vositaliri jarima maydonchasiga, yo‘lovchilar esa karantinga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring