Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senga uch yil yetadi — Shavkat Mirziyoyev Xivadagi suhbat tafsilotini aytib berdi

Senga uch yil yetadi — Shavkat Mirziyoyev Xivadagi suhbat tafsilotini aytib berdi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari ikki kun muqaddam Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi tafsilotlariga to‘xtalib o‘tdi.

— Xiva yaqinida bir otaxon bilan gaplashib qoldim. Uning yuzidan nur yog‘ilib turgandi, aytishicha umri davomida umuman ichmagan, chekmagan ekan. Yoshi saksondan oshib, to‘qsonga yaqinlashib qolgan, ammo ancha dadil.

Otaxonning 14 sotix yeri bor ekan, bir yilda 90 million so‘m daromad qilibdi. «Oxirgi uch yilda nima eksam, uyimdan olib ketishyapti. Pomidor ekamanmi, bodringmi yoki chesnok, o‘zlari yig‘ishtirib olishadi», dedi u.

Shu inson menga bir gap aytdi. «Agar ishlar shu ketishda davom etsa, davlatni ko‘tarib olish uchun 3 yil yetadi», dedi u. Men e’tiroz bildirdim: «Besh yil kerak», dedim.

Ammo otaxon «yo‘q», dedi. «Men nafaqadagi odamman, har kuni shu yerda o‘tiraman. Ilgari mana shu ko‘chadan bir kunda nari borsa 22 telejka paxta o‘tardi. Men sanardim. Hozir esa 47-50 telejka paxta ketyapti. Hech qayerda shtab yo‘q, majburiy mehnat yo‘q, ammo paxta terilyapti, dedi», dedi u.

Odamlarimiz mana shunday ishonch bildirishsa, albatta o‘zimiz orzu qilgan mamlakatni quramiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring