Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sehrli mehmonxona! Meksikaning siz bilmagan ajoyibotlari! (Foto)

Sehrli mehmonxona! Meksikaning siz bilmagan ajoyibotlari! (Foto)

Bir necha kun ilgari Meksikaning fotosuratchilar ob’yektiviga millionlab marta muhrlanib keladigan o‘ziga xos ajoyib maskanlari haqida ma’lumot bergan edik. Bugun uning ikkinchi qismini e’tiboringizga havola qilamiz.

El Hidalguyense

Meksikaning ajoyib ta’mga ega, har xil va shu bilan birga suratbop taomlari ham talaygina. Mexiko shahridagi o‘ziga xos tamaddixonalar qatorida El Hidalguyense restorani mahalliy aholi va xorijiy sayohlarning eng sevimli maskanlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Kichik labirint bog‘

Agar siz Meksikadagi eng noyob kichik labirint bog‘ni ko‘rishni xohlasangiz, bu shubhasiz Airbnb bo‘lishi aniq. Mazkur vitrajli yopiq labirint va xiyobonni o‘zida jamlagan o‘ziga xos bog‘da adashib qolishingiz ham hech gap emas. Ana shunday tomosha jarayonida bog‘ning go‘zalligini suratga olish uchun kamerangiz tayyorligiga ishonch hosil qiling.

Chapultapes Parki

Mexiko shahridagi yana bir ajoyib Chapultapes Park qasri bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi juda ko‘p fotosuratlarga mos qirralarni taklif qilsa-da, rang-barang devorlar va vitraj oynalar chiroyidan bahramand bo‘lish uchun bino ichiga kirishingiz kerak.

Kitlar manzilgohi

Kaliforniya shtati janubida joylashgan Baja Kaliforniya yarim oroli kitlarni tomosha qilish uchun dunyodagi eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi. U yerdagi kichik qayiqlar sizga kitlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lishingizga imkon yaratgan. Yarim orol atrofida yilning fasllariga qarab turli xil kitlar va akulalarni uchratishingiz mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr-fevral oylari yarim orolda hordiq chiqarish va hatto kitlar bilan quchoqlashish uchun ajoyib vaqt sanaladi.

Antropologiya muzeyi

Mazkur ulkan muzey Mexikodagi eng katta va butun mamlakat bo‘ylab sayyohlar diqqatiga sazovor joylardan biridir. Muzey taxminan 20 gektar hududni egallagan. Uning ichki va tashqi eksponatlari ijtimoiy tarmoqlaringiz uchun ajoyib fotosuratlarni taqdim etish bilan birga, sizni yuqori did va madaniyat egasi sifatida gavdalanishingizga ham yordam beradi.

Yashirin plyaj

Puyerto Vellarta shahridan 20 mil g‘arbda Mariyet orollari joylashgan. Hududda suv osti vulqonlarining otilishi natijasida o‘ziga xos aylana plyajlar hosil bo‘lgan. Biroq ayrim mish-mishlarga ko‘ra, aylana plyajlarning paydo bo‘lishiga mamlakat hukumatining aloqasi bor. Aytishlaricha, hudud ilgari Meksika hukumati tomonidan turli qurollarni sinab ko‘rish uchun tajriba maydoni vazifasini bajargan.

Plitkalar saroyi

18 asrda bunyod etilgan Mexiko shahridagi plitkalar saroyi, nomidan ko‘rinib turibdiki, plitkalar bilan qoplangan inshootdir. Hayratlanarli yodgorlik bugungi kunda shisha bilan qoplangan atrium, favvora, mazali taomlarga boy restoron va boshqalarni o‘zida jamlagan. Agar siz chiroyli va mazali taomlar suratiga ixlosmand bo‘lsangiz, saroy oshxonasini tavsiya etamiz.

Chinatovn ko‘chasi

Chinatovn odatda Meksika haqida o‘ylaganda birinchi bo‘lib esga olinmaydi. Ammo Mexiko shahrining markazidagi ushbu ikki blokli joyga albatta tashrif buyurish kerak. Ko‘cha bo‘ylab yorqin rangli soyabon va chiroqlar osilgan. U har yili Xitoy Yangi yil festivallarini katta dabdaba bilan o‘tkazadi.

Soumaya muzeyi

Bu o‘ziga xos shaklga ega Mexiko shahri muzeyi va madaniy markazi ko‘pincha tashqi tomondan suratga olinadi. U tashqi tomondan 16 mingta alyuminiy plitkalar bilan qoplangan. Uning ichki qismi ham chiroyli bo‘lib, bir-biridan ajoyib eksponatlarga boy.

Sehrli mehmonxona

Quyi Kaliforniya shtatidagi Kortes dengizida suv ustida suzib yurganday ko‘rinuvchi sehrli ko‘rinishdagi Viseroy Los Kabos mehmonxonasi mavjud. Ko‘ngilochar kurortning zamonaviy arxitekturasi havasni uyg‘otuvchi Instagram suratlariga juda mos keladi.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring