Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samsung Electronics» yetakchiga aylandi

«Samsung Electronics» yetakchiga aylandi

Foto: «Phys.org»

2018-yilning 4-choragida jahon smartfonlar bozori 7 foizga qisqardi. Bu haqda «YTN» tadqiqotlariga asoslanib «Regnum» xabar bermoqda.

Ushbu kompaniyaning jahon bozorini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotida («Counterpoint Research», 3-mart) 2018-yilning 4-choragida global smartfonlar bozori 390 mln. birlikni tashkil etgan aytiladi, bu 2017-yilning mos davriga nisbatan 7 foiz kam ko‘rsatkich.

«Samsung Electronics» kompaniyasi Janubiy Amerika, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida yetakchilikni saqlagan holda, global bozordagi ulushini 18 foizga yetkazib olgan.

Yangi ishlanmalari hisobiga «Apple» ikkinchi o‘ringa qaytdi — global bozordagi ulushi 17 foiz.

«Apple» savdolari 2017-yilning mos davriga qaraganda 15 foizga pasaygan, biroq har bir qurilmasi o‘rtacha 789 dollardan sotilishi evaziga kompaniya tushumini 16 foizga yaxshiladi.

Uchinchi o‘rinda — «Huawei». Xitoy kompaniyasi 2019-yilda daromad olish bo‘yicha «Apple»ni ortda qoldirishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring