Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident «Mehr» operatsiyasini o‘tkazish oson bo‘lmaganini aytdi

Prezident «Mehr» operatsiyasini o‘tkazish oson bo‘lmaganini aytdi

Foto: O‘zA

Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida «Mehr» operatsiyasi doirasida Suriyadan O‘zbekistonga qaytib kelgan ayol ham so‘z oldi va Vatanga olib kelingan barcha ayollar va bolalar nomidan o‘z minnatdorligini bildirdi.

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ushbu operatsiyalarni amalga oshirish oson bo‘lmagani, ko‘p to‘siqlar va qiyinchiliklar bilan uddasidan chiqilganini ta’kidladi.

«Bir safar yurtdoshlarimizni Suriyadan olib kelayotgan samolyot Turkiya osmoni ustidan uchib o‘tayotganda bizga qarab turk harbiy havo kuchlarining qiruvchi samolyoti uchirildi va Turkiya hududini tezda tark etishni talab qildi. Keyin biz noiloj samolyotni qo‘ndirish uchun tezda boshqa joy qidirdik va eng yaqin Ozarboyjonga qo‘ndirishga ruxsat oldik. Shundan so‘ng o‘zim shaxsan Turkiya Prezidenti Erdogan janobi oliylariga qo‘ng‘iroq qildim. Muzokaralardan keyin, samolyotimiz yana uchishda davom etdi.

Garchi adashgan bo‘lishsa ham, lekin ular vatandoshlarimiz-ku. Ular uchun kim bilan bo‘lsa ham muzokara olib borishga tayyorman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring