Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandning katta qismida yer osti ichimlik suvi chiqmay qoldi

Samarqandning katta qismida yer osti ichimlik suvi chiqmay qoldi

Samarqand viloyati aholisining toza ichimlik suvi ta’minoti yer osti suv zaxiralari hisobidan «Samarqand suv ta’minoti» korxonasiga qarashli suv inshootlari  tomonidan amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, hozirda yog‘ingarchiliklarning yo‘qligi va Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining kamligi sababli yer osti suvlarining sathi (debiti) pastlashib ketgan. Natijada inshootlardagi nasos uskunalarining mo‘’tadil ishlashida yer osti suvi zaxirasining yetishmasligi sababli Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Pastdarg‘om, Nurobod, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay, Payariq va Oqdaryo tumanlari aholisini toza ichimlik suvi ta’minotida uzilishlarni olib kelmoqda.

«Samarqand suv ta’minoti» MChJ ma’muriyati markazlashgan ichimlik suvi iste’molchilaridan joriy yilning tabiiy qurg‘oqchiligi sababli suv ta’minotida kuzatilayotgan kamchiliklar – suv yetishmovchiligi uchun o‘zining uzrini bildirgan.

«Mazkur holat Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining oshishi hamda bu bilan bog‘liq yer osti suvlari zaxirasining sathining ko‘tarilishi bilan o‘z yechimini topishini ma’lum qiladi», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring