Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik erkak ayoli va uning «jazmani»ni do‘konda pichoqlab o‘ldirdi

Samarqandlik erkak ayoli va uning «jazmani»ni do‘konda pichoqlab o‘ldirdi

Illyustrativ foto

Samarqand shahridagi savdo do‘konlaridan birida mudhish qotillik ro‘y bergani haqida tarqalgan shov-shuvlar, taassufki, o‘z tasdig‘ini topdi. 

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda qirq yoshlar chamasidagi bir erkak shaharning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi savdo do‘konlaridan birida ikki fuqaroni (biri erkak, biri ayol) pichoqlaganiga oid xabarlar tarqalgandi. 

«Xabar.uz» so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmati voqelikni tasdiqladi. Unga ko‘ra, joriy yilning 20-noyabr kuni kechki payt (soat 18.00 atrofida) Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi M.A. (1978 yilda tug‘ilgan, tadbirkor) turmush o‘rtog‘i Sh.A. (1989 yilda tug‘ilgan) katta yo‘l chetida to‘xtagan «Nexia-3»ga chiqayotganini ko‘rib qoladi. Mashina boshqaruvida R.E. (31 yosh) ekanini bilgach, u va xotini o‘rtasida ishqiy munosabatlar borligi haqidagi mish-mishlarni eslab, yo‘lovchi mashinada kuzatishga tushadi.

Ayol va uning hamrohi Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi do‘konlarning biriga kirgach, u ham ichkariga yo‘l oladi. Natijada savdo do‘konida katta janjal ko‘taradi va shu yerda o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan har ikkisiga og‘ir jarohat yetkazadi. Yetkazilgan jarohatlar natijasida ayol ham, uning jazmani deb gumon qilingan erkak ham voqea joyida vafot etadi.

Shu kunning o‘zida M. A.ga nisbatan qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 97-moddasining 2-qismi «a, j» bandlari) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u belgilangan tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring