Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda YPX xodimiga pora berayotgan fuqarolar qo‘lga olindi

Samarqandda YPX xodimiga pora berayotgan fuqarolar qo‘lga olindi

Foto:«Xabar.uz»

24-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani Samarqand ko‘chasining ichki yo‘lida xizmat olib borayotganda  «Kamaz»  rusumli yuk tashuvchi transport vositasi to‘xtatiladi.

YPX xodimlarining haydovchidan tegishli hujjatlarini taqdim qilishi so‘ralganda haydovchi avtomashina hujjatlari yashash uyida qolib ketganligini ma’lum qilgan. YPX inspektorlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

2020-yil 24-yanvar kuni soat 16:00 lar atrofida YPX xodimi A.Normurodovning oldiga haydovchi J.R. keladi. U jarima maydonchasida saqlanayotgan yuk avtomashinasini chiqarib berishni so‘rab, 600.000 so‘m miqdoridagi pullari borligini, keyin yana 400.000 so‘mni berishini bildirib, pora taklif qiladi.

A.Normurodov unga bu harakati noqonuniyligi, pora olish-berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramasdan, J.R. 25-yanvar kuni kelishini aytib chiqib ketadi. A.Normurodov haydovchi J.R. bilan bo‘lgan o‘zaro suhbatini «Iphone» rusumli telefon apparatiga yozib olib, DVD diskka ko‘chiradi va viloyat IIB boshlig‘ining nomiga tezkor tadbir o‘tkazishni so‘rab murojaat qiladi.

Tekshiruv davomida fuqaro J.R.ga yuk tashuvchi transport vositasini boshqarish uchun ishonchnomasi mavjud emasligi, unga 2018-yil 19-iyul kuni «V,S» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi bilan haydovchilik guvohnomasi berilganligi aniqlandi.

25-yanvar kuni katta serjant A.Normurodovning bildirgisiga asosan IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi va IIV O‘XB viloyat bo‘yicha bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi J.R., avtomashina egasi A.F amakisining o‘g‘li X.Sh. ushbu avtomashinani jarima maydonchasidan chiqartirib berishga yordam berishini so‘rab, A.Normurodovning xizmat xonasida, X.Sh. tomonidan 1.000.000 so‘m pullarni pora sifatida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring