Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilishi oqibatida 23 kishi jabrlandi

Samarqandda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilishi oqibatida 23 kishi jabrlandi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 16-may kuni soat 8:30da Samarqand shahrida  404-yo‘nalishda qatnovchi yo‘lovchi avtobusi va «Spark» to‘qnashib ketgan. Bu haqda «STV» xabar bermoqda.

Samarqand viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘l transport hodisasiga «Spark» avtomobili haydovchisi D.Xolbekovning qoida buzgan holda qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanishi sabab bo‘lgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

To‘qnashuv oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan. Har ikkala haydovchiturli darajadagi  tan jarohatlari bilan Samarqand tez tibbiy yordam filialiga olib borilgan.

Xabar qilinishicha, YTH oqibatida jami 23 kishi tez tibbiy yordam filialiga keltirilgan. Ularning olti nafari hamon travmatologiya, neyroxirurgiya va bolalar xirurgiyasi bo‘limlarida qolmoqda. Qolgan jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordamdan so‘ng uylariga ruxsat berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring