Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda tramvaylar izdan chiqib ketayotgani sababi aytildi: Rels — poyezdniki

Samarqandda tramvaylar izdan chiqib ketayotgani sababi  aytildi: Rels — poyezdniki

Foto: Zarnews

Joriy yilning 6-avgust kuni Sartepa maskanida 1-yo‘nalishdagi tramvay yo‘ldan chiqib ketgani haqida Zarnews ma’lumot bergan edi. Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu hodisaga mutasaddilar munosabat bildirmadi.

«Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturi muxbiriga intervyu bergan Samarqand tramvay liniyalarini ishlatish korxonasi bosh muhandisi Ahmad Husainov holatni quyidagicha izohladi: «Temir yo‘l izlari, strelkali o‘tkazgichlar talabga javob bermaydi. Chunki hozirda tramvaylarimiz harakatlanayotgan relslar aslida poyezdlar uchun mo‘ljallangan. Bu masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan bo‘lsak-da, natija bo‘lmayapti».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring