Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Testda singlisiga yordam bermoqchi bo‘lgan nazoratchi qo‘lga tushdi (video)

Testda singlisiga yordam bermoqchi bo‘lgan nazoratchi qo‘lga tushdi (video)

Skrinshot: «Zamon»

Ayni damda yurtimiz OTMlariga kirish uchun imtihonlar davom etmoqda. 

Samarqanddagi test jarayonlarida quyidagicha voqea kuzatildi: imtihon nazoratchisi abituriyentlardan biriga yordam berishga uringan. Jumladan uning savollar kitobchasini telefonda suratga olgan. Hodisa kuzatuv kameralarida aks etgan. 

Surishtiruvlar natijasida abituriyent ushbu nazoratchining singlisi bo‘lib chiqdi. DTMning Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i Nosir Eshonqulovning aytishicha, nazoratchi Samarqand shahridagi umumta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring