Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sakkiz hududda koronavirus yuqtirganlar qayd etildi

Sakkiz hududda koronavirus yuqtirganlar qayd etildi

2020-yil 15-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 192 (+197) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli N.Q. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 42 yoshli O.B. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 44 526 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 266 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 451 nafari og‘ir, 243 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring