Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sahroi Kabir va Saudiya Arabistonida qor yog‘di (foto)

Sahroi Kabir va Saudiya Arabistonida qor yog‘di (foto)

Foto: «Instagram»

Dunyoning eng yirik Sahroi Kabir cho‘lida g‘ayriodatiy holat kuzatilmoqda — hammayoq oppoq qor bilan qoplandi. Yanvar oyida o‘rtacha harorat 20 daraja issiqdan pasaymaydigan sahroda harorat nuldan ham tushib ketdi.

Sahroi Kabir va Saudiya Arabistonidagi g‘aroyib qish manzaralarini suratkash Karim Buchetata «Instagram»da e’lon qildi.

Karim Buchetata Jazoirning Ayn-Sefra shahridan uncha uzoq bo‘lmagan qorli cho‘lni, qor yog‘ishidan keyin -3 daraja sovuqda qumliklarda yurgan qo‘ylarni, Saudiya Arabistoni shimoli-g‘arbidagi Tabuk tumanida qor bosgan tuyalarni suratga oldi.

Yoz pallalarida Sahroi Kabirda havo 50 darajagacha qiziydi, ammo ayni paytda nuldan ham past.

Saudiyada esa yanvar — eng sovuq oy, o‘rtacha harorat 20,2 daraja iliq bo‘ladi. Mamlakatning qishi eng izg‘irinli hududlaridan sanalgan Tabukda esa harorat 4 darajagacha pasayadi. 10-yanvar kuni yoqqan mo‘l qor hatto tabukliklarni ham hayratda qoldirdi. O‘sha kunlari Livan, Suriya va Eron ham oppoq qorga burkandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring