Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rustam Inoyatovga ITF maxsus mukofoti berildi

Rustam Inoyatovga ITF maxsus mukofoti berildi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 1-dekabr kuni Filippinning Manila shahrida Osiyo tennis federatsiyasining yillik kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston Tennis federatsiyasi matbuot xizmati

Kongressda Xalqaro tennis federatsiyasi prezidenti Devid Xaggerti faxriy mehmon sifatida qatnashib, taqdirlash marosimida O‘zbekiston Tennis federatsiyasiga «Jahon tennisi rivojlanishidagi ulkan yuksalish uchun» maxsus mukofotini topshirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Tennis federatsiyasi prezidenti Rustam Inoyatovga «O‘zbekiston tennisining rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi va tennisga ko‘p yillik sadoqati uchun» alohida maxsus mukofoti berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring