Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruslanbek Davletov adliya sohasiga qiziquvchi yoshlar bilan uchrashdi

Ruslanbek Davletov adliya sohasiga qiziquvchi yoshlar bilan uchrashdi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 25-oktyabr kuni Adliya vazirligi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida huquqiy sohada tahsil oluvchi hamda adliya sohasiga qiziquvchi, shuningdek huquqiy masalalarda savol, taklif va tashabbuslari mavjud bo‘lgan yoshlarni jalb etgan holda Adliya vazirligida «Adliya vaziri va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Adliya vazirligiga ekskursiya tashkil etilib, unda sohaga qiziqqan yuzdan ortiq ilg‘or yoshlarga vazirlikning ichki tuzilmasi, boshqarmalar va bo‘limlar faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun imkoniyat yaratildi. Shuningdek, norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funksiyalarning amalga oshirilishi jarayoniga guvoh bo‘ldilar.

Vazirlik tarixi, bugungi kundagi faoliyati va istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi taqdimot va Adliya organlari tarixi muzeyiga tashrif yoshlarga adliya organlari to‘g‘risida yanada aniq, mukammal tasavvurga ega bo‘lishlariga sabab bo‘ldi.

Tadbirning asosiy qismi yoshlarning Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullayev bilan uchrashuvi orqali davom ettirildi.

Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati, yoshlar uchun qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqishlarini inobatga olgan holda qiziqarli savol-javoblar, huquqiy viktorinalar ham yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Faol ishtirokchilarga adliya vaziri hamda Yoshlar ittifoqi rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring