Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada migrantlarga talab eng yuqori uch soha ma’lum qilindi

Rossiyada migrantlarga talab eng yuqori uch soha ma’lum qilindi

Foto: RIA Novosti

«Migrant Servis» platformasi direktori Andrey Kladov 2025-yilda Rossiyada qaysi sohalarda migrantlarning xizmatiga talab eng yuqori bo‘lishini ma’lum qildi.

Bular: ishlab chiqarish sektori, qishloq xo‘jaligi hamda qurilish sohasi.

Aytilishicha, qurilish sohasida malakali mutaxassislarning yetishmasligi muammosi 2024-yil davomida rivojlanib bordi, 2025-yilda vaziyat yanada tanglashishi mumkin. Hozirda qurilish sohasining barcha yo‘nalishlarida kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda: malakali mutaxassislardan tortib eshik-deraza o‘rnatuvchilar, monolitchilar va shtukaturachilarga talab katta.

Ishlab chiqarish sektorida kadrlar yetishmovchiligi 2024-yil boshidan jiddiy muammoga aylanib, Rossiyadagi kompaniyalarning 85 foizida xodimlar yetishmasligi kuzatildi. 2025-yilda salbiy tendensiya yanada rivojlanib, kompaniyalarning 95 foizi kadrlar muammosiga ro‘baro‘ kelishi mumkin.

So‘nggi yillarda kadrlar borasidagi eng yomon vaziyat qishloq xo‘jaligi sohasida yuzaga kelgan. 2022-yilda ushbu sohada ishchi kuchi yetishmasligi 240 ming nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, kelgusi yilda kadrlar taqchilligi 300 ming kishiga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring