Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etib, yana ikkisi jarohat oldi (foto)

Rossiyada YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etib, yana ikkisi jarohat oldi (foto)

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019 yilning 30 avgust kuni Omsk viloyatining Moskalenki tumanidagi avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berib, uning oqibatida uch kishi, xususan O‘zbekiston fuqarolari A.S. va N.M. halok bo‘ldi. O‘zbekiston fuqarolari G.S. va M.A. turli darajadagi ko‘p sonli og‘ir jarohatlar olib, Moskalenki tuman kasalxonasiga yotqizildi. Ularga tegishli yordam ko‘rsatilmoqda hamda Omsk shahridan mutaxassislar ham chaqirtirildi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, Omsk viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davolovchi shifokorlar bilan aloqa o‘rnatgan. Hozirda hamyurtlarimizning jasadini vatanga yuborish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Omsk viloyati yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, maskur hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Buryatiya Respublikasi, Irkutsk viloyati, Baykal orti o‘lkasi, Kemerovo viloyati, Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk viloyati, Novosibirsk shahri, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-383-246-04-85, +7-383-246-04-84, +7-383-246-04-63, +7-383-246-04-64.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring