Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya politsiyasi odam savdosida gumon qilingan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi

Rossiya politsiyasi odam savdosida gumon qilingan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi

Foto: «Xabar.uz»

Rossiya transport politsiyasi tomonidan Novosibirsk aeroportida O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U odam savdosi jinoyatida gumon qilinmoqda.

Rossiya IIV tomonidan xabar qilinishicha, 32 yoshli o‘zbekistonlik shaxs xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Toshkentda unga nisbatan jinoiy ish ochilgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi jinoiy guruh tarkibida bo‘lgani, odamlarni o‘g‘irlab, soxta hujjatlar yordamida O‘zbekiston hududiga olib o‘tgani, ularni urgani va kuch bilan majburan ushlab turgani tergov guruhi tomonidan ma’lum qilingan.

Qo‘lga olingan gumonlanuvchi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring