Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu va Zidan munosabatlari qanday bo‘lgan?

Ronaldu va Zidan munosabatlari qanday bo‘lgan?

Foto: «AP Photo»

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Real Madrid»dagi murabbiyi, fransuz Zayniddin Zidan bilan ishlagan hamda orttirgan tajribalarini esladi. Portugaliyalik o‘yinchining so‘zlarini «Goal.com» taqdim etmoqda.

Hujumchining ta’kidlashicha, Zidan «galaktikos» murabbiyi etib tayinlangach, chin ma’noda uning haqiqiy fanatiga aylandi. «Uning hayot tarzi, muomalasi, jamoani boshqarish salohiyati va menga bo‘lgan munosabati, hamma-hammasining», — deydi Ronaldu. Portugaliyalikning aytishicha, Zidan unga doim ishongan va ochiq, samimiy munosabatda bo‘lgan.

«Shuning uchun ham men bu do‘stlikni hamisha yuragimda saqlayman», — deb va’da beradi hujumchi. Uning ta’kidlashicha, Zidan, haqiqatan, yaxshi inson va ajoyib murabbiy.

Ronaldu va Zidan «Real»da 2016 dan 2018-yilgacha birga ishlashdi va bu vaqt ichida bir marta Ispaniya chempionatini qo‘lga kiritib, uch bora Yevropa chempionlar ligasi chempioni bo‘lishdi. 2018-yilning may oyida fransuz Madriddan ketmoqchi ekanini e’lon qildi, oradan ikki oy o‘tib, portugaliyalik hujumchi ham jamoani tark etdi. Joriy yilning qish faslida Zidan «Real»ning murabbiylik postiga qaytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring