Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu va Messi gol urgan o‘yin shouga aylanib ketdi

Ronaldu va Messi gol urgan o‘yin shouga aylanib ketdi

«PSJ» o‘rtoqlik o‘yinida «Al-Hilol» va «An-Nassr» yulduzlaridan iborat jamoaga qarshi bahs olib bordi.

Saudiya Arabistonida kechgan uchrashuvning 3-daqiqasida Lionel Messi parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan hisobni tenglashtirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, PSJ bir kishi kam bo‘lib qoldi. Hakam mehmonlar himoyachisiga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Shundan so‘ng uchrashuv gollar shousiga aylanib ketdi. Avvaliga Markinos PSJni oldinga olib chiqdi, biroz vaqt o‘tib Ronaldu yana hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim ham jami beshda gol kiritildi va yakunda «PSJ» 5:4 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«An-Nassr»/«Al-Hilol» — «PSJ» 4:5

Gollar: 0:1 – Messi (3), 1:1 – Ronaldu (34, penalti), 1:2 – Markinos (43), 2:2 – Ronaldu (45+6), 2:3 – Ramos (53), 3:3 – Chjan Hyn Su (56), 3:4 – Mbappe (60, penalti), 3:5 – Ekitike (78), 4:5 — Taliska (90+4).

«PSJ»: Navas (Donnarumma, 62), Hakimi (Pembele, 62), Markinos (Danilu, 46), Ramos (Bitshiabu, 62), Bernat, Ruis (Mendesh, 62), Soler (Garbi, 62), Sanshesh (Vitinya, 46), Neymar (Zair-Emeri, 62), Messi (Kari, 62), Mbappe (Ekitike, 62).

«An-Nassr»/«Al-Hilol»: Al-Ovays, Chjan Hyon Su, Al-Bulayxi, Al-Ganam (Al-Avjami, 46), Abdelhamid, Gustavo, Al-Haybari (Kanno, 61), Martines (Karrilo, 61), Marega (Taliska, 46), Ronaldu (Mateus Pereyra, 61).

Chetlatish: Bernat (39).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring