Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu sobiq jamoasiga qaytish istagi borligiga ishora qilmoqda

Ronaldu sobiq jamoasiga qaytish istagi borligiga ishora qilmoqda

Italiyaning «Yuventus» klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu Madridning «Real» klubi bilan munosabatlarni tiklashga harakat qilmoqda. Bu haqda ispan nashrlari xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, «Real» dan ketganidan so‘ng u Marselodan tashqari barcha qaymoqranglilar bilan aloqani to‘xtatgandi. Ammo vaziyat o‘zgarmoqda, Ronaldu shu yilda El-Klasikoda sobiq jamoasini qo‘llash uchun Madridga keldi va ijtimoiy tarmoqlarda sobiq jamoadoshlari – Serxio Ramos, Luka Modrich va boshqalar bilan suratlarni yuklay boshladi.

«Bularning barchasi Krishtianuning Florentino Peres bilan murosaga borish, eski xafagarchiliklarni unutish va «Real»ga qaytish istagidan dalolat beradi», deb yozmoqda Marca nashri.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018 yil yozida 9 yil davomida o‘ynagan «Real»ni tark etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring