Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu jamoadoshini nokautga uchratdi (video)

Ronaldu jamoadoshini nokautga uchratdi (video)

Foto: TSN

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya «A» seriyasining 23-turida «Sassuolo»ga qarshi kechgan bahsda o‘z jamoadoshi Sami Hedirani nokautga uchratdi.

Navbatdagi hujumlarning birida portugal futbolchisi raqib jarima maydonida to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganini payqab qolgan bosh hakam shartta o‘yinni to‘xtatadi, buni «ko‘tara» olmagan Ronaldu esa alamini to‘pdan oldi...

«Uzatma» o‘ta kuchli va juda yaqindan berilgani bois Sami Hedira qochishga ham ulgurmadi. Albatta, xatosini o‘z vaqtida anglagan Ronaldu yiqilib yotgan Hediraning holidan xabar olishga yugurdi.

Darvoqe, shu kuni sobiq realchilarning kuni bo‘lgan ekan shekilli, 3:0 hisobida qozonilgan g‘alabaga Ronaldu va Hedira bittadan gol bilan hissa qo‘shishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring