«Bo‘ri» boshqa ekan... U Malayziyada qo‘lga olindi
Ko‘p miqdordagi pulni o‘zlashtirishda gumon qilingan Hollivud prodyuseri Rizo Aziz Malayziyada qo‘lga olindi. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.
Nashr yozadiki, Aziz, uning onasi, o‘gay otasi (Malayziya sobiq bosh vaziri Najib Razzoq) va eski tanishi davlat g‘aznasi (Najib Razzoq nazorati ostida bo‘lgan «1MDB» jamg‘armasi)dagi 4,5 milliard AQSh dollari qiymatidagi pullarni gum qilganlikda ayblanishyapti.
Mamlakat hukumati Rizo Aziz bu pullarni o‘zining filmlariga ishlatib yuborgan bo‘lmasaydi, degan taxminda.
Rizo Aziz — «Uoll-stritdagi bo‘ri» filmiga prodyuserlik qilgan «Red Granite Pictures» kompaniyasi asoschisi va xo‘jayini.
Aslida san’atda hayotga emas, hayotda san’atga taqlid kuchliroq, deganlari shu bo‘lsa kerak-da.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter