Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Ermatov O‘FAning birinchi vitse-prezidenti bo‘lishi aytilmoqda

Ravshan Ermatov O‘FAning birinchi vitse-prezidenti bo‘lishi aytilmoqda

Foto:«Uza.uz»

FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda «GoSport.uz» ishonchli manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada O‘FA ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda Ravshan Ermatov nomzodi ko‘rsatilishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatov sanaladi. Ammo Ramatov hukumatda va Transport vaziri sifatida ham ish olib borishi sababli odatda o‘zbek futboliga O‘FAda birinchi vitse-prezidenti javob beradi.

Sal oldinroq, Umid Ahmadjonov  O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan  ketganligi haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring