Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman. Elyor G‘aniyev Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Rasman. Elyor G‘aniyev Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, Elyor Majidovich G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hukumat tarkibida, shuningdek, vazirlik hamda idoralar rahbariyatida qator o‘zgarishlar yuz berayotgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring