Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining sertifikatlari topshirildi

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining sertifikatlari topshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi: aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Ushbu tashabbus doirasida Respublikamiz hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda va o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida tashkil etilgan ushbu o‘quv markazining Piskent tumanida joylashgan filialida piskentlik yoshlar kompyuter savodxonligi, robototexnika, veb-dizayn asoslari, elektron tijorat singari bir qator yo‘nalishlarda saboq olyaptilar.

Foto: «Xabar.uz»

Kuni kecha Piskent tumani hokimiyati, Xalq ta’limi boshqarmasi, «Yoshlar kelajagi» jamg‘armasi, Xalq demokratik partiyasidan tashrif buyurgan mas’ul xodimlar ishtirokida, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

Foto: «Xabar.uz»

Ma’lumot uchun: 9-30 yosh oralig‘idagi tinglovchilar uchun mashg‘ulotlar bepul o‘tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring