Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Yurtimizdagi jome masjidlarda 2019-yil 11-avgust yakshanba kuni Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri masjidlarida shu yil 11-avgust kuni ertalab soat 05:45 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Respublikamizning boshqa hududlarida esa namoz vaqtlaridagi tafovutni inobatga olgan holda quyidagi vaqtlarda masjidlarda Qurbon hayiti namozi ado etiladi.

1. Andijon viloyati 05:35
2. Buxoro viloyati 06:10
3. Jizzax viloyati 05:55
4. Navoiy viloyati 06:05
5. Namangan viloyati 05:35
6. Samarqand viloyati 06:00
7. Sirdaryo viloyati 05:50
8. Surxondaryo viloyati 06:00
9. Toshkent viloyati 05:50
10. Toshkent shahri 05:45
11. Farg‘ona viloyati 05:35
12. Xorazm viloyati 06:20
13. Qashqadaryo viloyati 06:05
14. Qoraqolpog‘iston Respublikasi 06:25

Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring