Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev rasmiy kutib olish marosimidan reportaj (video)

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev rasmiy kutib olish marosimidan reportaj (video)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14-aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgani haqida xabar bergandik.

Davlat tashrifining asosiy tadbirlari bugun, 15-aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tmoqda. Marosim Prezident matbuot xizmatining «Feysbuk»dagi rasmiy sahifasida translyasiya qilindi.

Ko‘ksaroy qarorgohida Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Har ikki davlat madhiyasi yangradi.

Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, prezidentlar O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring