Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston O‘zbekiston anoriga bo‘lgan taqiqni bekor qildi

Qozog‘iston O‘zbekiston anoriga bo‘lgan taqiqni bekor qildi

Foto: «O‘zdavkarantin»

Qozog‘iston karantin xizmati 20-fevraldan O‘zbekistondan anor olib kirishni vaqtincha ta’qiqlagan edi.

«O‘zdavkarantin»ning xabar berishicha, Ostona shahrida inspeksiya boshlig‘i I. Ergashev Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari G.Isayev o‘rtasida uchrashgan.

Uchrashuvda anor importiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish, shuningdek, karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitar holati, ikki mamlakat karantin xizmatlari o‘rtasida eksport va imkort qilinayotgan meva-sabzavotlarni fitosanitar ko‘rikdan o‘tkazishda hamkorlikdagi nazoratni yanada kuchaytirish singari masalalar muhokama qilingan.

Muzokaralar yakunida Qozog‘istonga O‘zbekistondan anor olib kirish uchun o‘rnatilgan vaqtincha ta’qiq 14 martdan olib tashlanishiga erishildi.

Bugundan tadbirkorlar Qozog‘istonga anorni fitosanitar nazoratdan o‘tkazib, eksport qilishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring