Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda universal «zapravka»da yong‘in sodir bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda universal «zapravka»da yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Joriy yilning 2-iyun kuni taxminan soat 11:37da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan «Ikrom Aziz» MChJga qarashli universal (propan-metan-solyarka) yoqilg‘i quyish shohobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida yer ustida joylashgan 25 tonnalik 2 ta sig‘im va 2 ta «ZIL-130» yoqilg‘i tashish avtomashinalari yongan. Bundan tashqari, ushbu sig‘imlar yonida 10 tonnalik 3 ta bo‘sh, taxminan 30-50 tonnalik 2 ta sig‘im joylashgan.   

Mazkur holat yuzasidang voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan.  

Hozircha kelib chiqqan yong‘inning  sababi yoqilg‘ini quyishda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik deb taxmin qilinmoqda.

Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring