Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qonda er-xotinni vahshiylarcha o‘ldirib, bolalarini bog‘lab ketgan shaxslarga hukm o‘qildi

Qo‘qonda er-xotinni vahshiylarcha o‘ldirib, bolalarini bog‘lab ketgan shaxslarga hukm o‘qildi

Qo‘qon shahrida shu yilning 6-yanvar kuni shaharning Jasorat ko‘chasida istiqomat qiluvchi er-xotin (ikkisining ham yoshi 41 da) o‘z uyining yotoqxonasida jonsiz holatda topilgani xabar qilingandi. Marhumlarning farzandlari esa qo‘l-oyog‘i bog‘lanib, og‘zi skotchlanib ketilgandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi tomonidan ushbu mudhish jinoyatni amalga oshirgan uch nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi. 
 
Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchilar, O‘zbekiston tumanidan bo‘lgan M.R, F.T va S.O. oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lgan holda bosqinchilik bilan o‘zganing mulkini egallash borasida jinoiy reja tuzishgan. 

Joriy yilning 6-yanvar kuni soat 01:30larda Qo‘qon shahar Jasorat ko‘chasida F. N.ning yashash xonadoniga o‘g‘rilikka tushishadi. Ular yuzlariga niqob taqib, qo‘llariga qo‘lqop kiygan hamda skotch, arqon va ikki dona pichoq bilan qurollangan edi. Bu paytda uy egalari uyquda bo‘lgan. S.O. vaziyatni kuzatish uchun hovlida qoladi. M.R. va F.T. moddiy boyliklarni egallash uchun uy ichkarisiga kirib, yotoqxonaga o‘tishgan. U yerda uxlab yotgan xonadon egasining turmush o‘rtog‘iga bir marotaba pichoq urib, shovqindan uyg‘ongan F.N.ga ham bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazgan. Ular bu ishlaridan qoniqmay, er-xotinni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirishgan. 

Sudda ko‘rsatma bergan M.R.ning aytishicha, boshqalardan pul qarzi ko‘payib qolganligi uchun o‘ziga to‘q oilalarning uyiga o‘g‘rilikka tushishni maqsad qilgan. Bu ishga qarindoshlarini ham jalb etib, F.N.ning Qo‘qon shahridan uy olishidan xabar topadi. Unda katta miqdorda pul borligini taxmin qilganligini bildirib, ana shunday jinoyatga qo‘l urgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasining ma’lum qilishicha, sud hukmi bilan M.R.ga uzil-kesil umrbod, F.T.ga 25 yil, S.O.ga esa 23 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring