Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qoplonbek»dagi yo‘lto‘sarlar to‘dasi qo‘lga olindi (video)

«Qoplonbek»dagi yo‘lto‘sarlar to‘dasi qo‘lga olindi (video)

Foto: «Polisia.kz»

Qozog‘istonning Turkiston viloyati politsiya departamentiga qarashli kriminal politsiya boshqarmasi Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirgan tezkor operatsiya chog‘i uyushgan jinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda «Polisia.kz» xabar bermoqda.

Ushbu jinoyatchilar Qozog‘istonning Sariag‘ash shahridagi «Qoplonbek» chegara-o‘tkazuv punktida MDH mamlakatlari bo‘ylab qatnovchi yuk mashinalari haydovchilariga nisbatan tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan.

Postdan o‘tish uchun haydovchilardan 15 000 dan 50 000 ($39,8—$132,6) tengegacha pul talab qilishgan, aks holda ularga tahdid qilishgan, do‘pposlashgan, mashina oynalarini sindirib, shinalarini teshishgan.

Tezkor amaliyot chog‘i 13 nafar jinoyatchi qo‘lga olingan. Ularning barchasi Turkiston viloyatida yashovchilar.

Ashyoviy dalillar sifatida qo‘lga olinganlarning uylaridan o‘q otish qurollari, pichoqlar va pullar chiqqan.

Ayni paytda ish tergovga oshirilgan bo‘lib, jinoiy guruhning boshqa jinoyatlarga daxldorligi ham o‘rganilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring