Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi viloyatda eng kam maosh to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Qaysi viloyatda eng kam maosh to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Zamin.uz

2017 yilda eng kam o‘rtacha ish haqi respublika hududlari orasida Namangan viloyatida qayd etilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda viloyatda o‘rtacha hisoblangan oylik ish haqi 1 million 140 ming so‘mni tashkil etgan.

O‘zAda keltirilishicha, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi oyliklar miqdori ham respublikadagi o‘rtacha ish haqidan 20 foiz kam bo‘lgan.

O‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 1 million 986 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 136,7 foiz), Navoiy viloyatida 1 million 926 ming so‘mni (132,6 %) va Toshkent viloyatida 1 million 559 ming so‘mni (107,3 %) tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi (2017 yil yanvar-dekabr oylarida 354,3 ming so‘mni tashkil etgan) bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring