Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi fojia, qamoqda 9 yil o‘tirgan xonanda, FVVning jiddiy ogohlantirishi va boshqa yangiliklar «Xabar.uz» nigohida

Qashqadaryodagi fojia, qamoqda 9 yil o‘tirgan xonanda, FVVning jiddiy ogohlantirishi va boshqa yangiliklar «Xabar.uz» nigohida

Foto:«Xabar.uz»

Bugun yurtimiz va jahonda o‘ziga voqealarga boy kun bo‘ldi. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu kunda O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi.

Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Bosh prokuratura kanaldan jasadi topilgan o‘smir bo‘yicha bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda 15 yoshli bolaning jasadi kanaldan topilgani, maktab o‘quvchisi bo‘lgan bu yigit o‘qituvchilar tomonidan kamsitilganiga chiday olmay, o‘z joniga qasd qilgani mazmunida xabarlar keng muhokama qilindi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi Rahim A.ning mobil telefonida uyatsiz videolar yozilganligi sababli sinf rahbari tomonidan onasi maktabga chaqirtirilgan. Onasi maktabga kelib, o‘g‘liga tanbeh berganidan so‘ng bola maktabdan yugurib chiqib kanal tomonga ketgan. (Davomi ushbu havolada.)

«Ey, sinfdosh» qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda qamoqda o‘tgan 9 yili haqida gapirdi (video)

«Ey sinfdosh», «Nilufar», «O, rashk» qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan «Oqshom» guruhining yakkaxoni Zokir Sobirov «Daryo» uchun intervyusida qamoqda o‘tgan to‘qqiz yillik hayoti haqida gapirib berdi.

Shuningdek...

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini sovuq tushishi bilan katta xavfga aylanadigan is gazidan ogohlantirdi. 

Ushbu xabarni diqqat bilan o‘qib chiqishni maslahat beramiz. 

Talabalar uchun muhim xabar!

2019/2020 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019-yilning 20-noyabri etib belgilandi.

Siz uchun qiziqarli xabarlar:

Yana bir aksiyada yutilgan avtomashina egasiga berilmagani oshkor bo‘ldi

Xurmoni ko‘p yeyish sog‘lik uchun xavflimi?

29-oktyabr kuni ayrim viloyatlarda harorat 28 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Toshkent markazida suv quvuri «portladi» (video)

Bizni kuzatishda davom eting. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring