Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda og‘ir yarador bemor vertolyotda shifoxonaga yetkazildi (foto)

Qashqadaryoda og‘ir yarador bemor vertolyotda shifoxonaga yetkazildi (foto)

Foto: FVV matbuot xizmati

22-aprel kuni FVV navbatchilik bo‘linmasiga Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialidan traktor ag‘darilishi natijasida jarohat olgan fuqaroga yordam ko‘rsatish zarurligi to‘g‘risida murojaat yo‘llangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida fuqaro B.M dalada ishlarini bajarayotgan vaqtida, kuchli yomg‘ir yog‘ishi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi tufayli traktori ag‘darilib ketgan. 

Foto: FVV matbuot xizmati

Natijada B.M. og‘ir yarador holda «Oqqishlok» vrachlik punktida olib ketilgan. Jabrdiyda  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga yetkazilishi kerak bo‘lgan, biroq ob-havoning yomonligi, yo‘llardagi muammolar, shuningdek, qishloq va tuman markazi o‘rtasidagi masofa tufayli bemorga shoshilinch yordam ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyatining Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, MI-171 vertolyotida B.M. qutqaruvchilar nazorati ostida Qarshi shahrining Xonobod aerodromiga olib borilgan. U yerdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga jo‘natilgan. Hozirgi vaqtda bemorga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring